O'zbekiston

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Angrendagi xususiy klinikada 20 yoshli yigit tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ahvoli og'irlashgani haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

 

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bemor shamollash belgilari bilan shu yilning 31 iyul kuni Angren shahridagi “Angren medical center”  xususiy klinikasiga murojaat bilan borgan hamda klinikada “proba”siz tomiriga tomchi dori yuborilishi ortidan sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgan. Ayni damda bemor Angren shahar markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida ekani aytilmoqda. 

 

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi qayd etishicha, hodisani har tomonlama va xolis o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, xizmat tekshiruvi tayinlandi.

 

Tekshiruv davomida bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifati, davolash jarayoni hamda holatning kelib chiqish sabablari tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganiladi.

 

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho beriladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi aytilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.