0

Toshkentdagi dahshatli YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Poytaxt IIB avtohalokat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Toshkentdagi dahshatli YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

YTH natijasida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"