O'zbekiston

Endi tuman va shaharda “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Maktablarda saboqlar sifatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Endi tuman va shaharda “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Unga ko'ra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

 

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalarining musiqa va sanʼat yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

 

Jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yoʻnalishda ham oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport boʻyicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

 

Endi chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

 

Mazkur fan boʻyicha yangi oʻquv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

custom img

Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi

Bahriyev insult tufayli Toshkentdagi shifoxonaga yotqizilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh qurgan yosh oilalarga imtiyozlar belgilandi

2027-yildan boshlab ilk bor nikoh qurgan va har ikkala taraf 21 yoshdan oshgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

custom img

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga doir talablar belgilandi

Qurilishlar faqat tabiiy va ekologik toza materiallardan amalga oshiriladi, talablar buzilgan taqdirda ishlar to‘xtatiladi va zarar qoplanadi.

custom img

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

Yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan shaxslar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

custom img

Toshkentda 100 dan ortiq daraxt noqonuniy ko‘chirib o‘tkazligani aniqlandi

Tabiatga 881 million 268 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

custom img

Andijonda xonadonida qalbaki dori vositalari ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Shuningdek, 163 xil turdagi 286 ming 676 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi.

custom img

O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Lesoto qirolligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 166-mamlakat bo‘ldi.

custom img

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi

Mazkur qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"