Eng dolzarb

Dunyoda 50 milliondan ortiq odam "zamonaviy qullik" sharoitida yashamoqda

Keyingi 30 yilda esa bu raqamlar yana-da oshishi mumkin.

Dunyoda 50 milliondan ortiq odam "zamonaviy qullik" sharoitida yashamoqda

Anadolu agentligining yozishicha, qullik 200 yildan ko‘proq vaqt oldin rasman taqiqlangan bo‘lsada, "zamonaviy qullik" hodisasi butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga taʼsir qiluvchi jiddiy inson huquqlari muammosi bo‘lib qolmoqda.

 

Majburiy mehnat, qarzdorlik, jinsiy ekspluatatsiya, majburiy nikoh, odam savdosi, bolalar mehnati va bolalarga nisbatan tazyiq — bularning barchasi global ko‘lamda surunkali muammoga aylangan zamonaviy qullikning shakllaridir.

 

Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot va Walk Free jamg‘armasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 50 milliondan ortiq inson zamonaviy qullik sharoitida kun kechirmoqda. Bu dunyo aholisining 0,6 foizi demak.

 

Ularning 28 millioni majburiy mehnatga, 22 milliondan ortig‘i esa majburiy nikohga duch kelgan bo‘lib, "zamonaviy qullar"ning uchdan ikki qismi — ayollar, jumladan, 15 yoshgacha bo‘lgan qizlardir.

 

YUNISEF maʼlumotlarida keltirilishicha, dunyoda og‘ir mehnatga jalb qilingan 160 milliondan ortiq bola bor. Ularning har to‘rt nafardan bittasi sog‘liq uchun zararli, jumladan, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar qazish va tekstil sanoatida faoliyat yuritadi.

 

Bundan tashqari, 30 millionga yaqin migrant bolalar odam savdosi va jinsiy qullik xavfi ostida. Zamonaviy qullikning eng yuqori darajasi Janubiy Osiyo, Afrika va Xitoyda kuzatilmoqda. birgina Hindistonning o‘zida majburiy mehnatga 11 milliondan ziyod inson jalb etilgan. Aftikada 9 millionga yaqin "zamonaviy qul"lar yashasa, Yaqin Sharqda ularning soni 5 milliondan oshadi.

 

Iqlim o‘zgarishi zamonaviy qullik asosiy omillaridan biriga aylangan. BMT prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib Janubiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadagi 216 million inson tabiiy ofatlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ladi — bu esa ularning qullik xavfi ostida qolish ehtimolini oshiradi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"