Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi
Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Samarqandda 29-oktabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi ish boshladi. Bu haqda tadbirda ishtirok etayotgan "zamon.uz" muxbiri xabar bermoqda.
Yig‘ilishni YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va u yig‘ilish raisi etib saylandi. U o‘z nutqida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanligini hamda YUNESKO faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganini ta’kidladi.
Anjuman davomida tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda, jumladan:
- yoshlar siyosatini rivojlantirish
- davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish
- barqaror rivojlanish
- inklyuzivlik masalalari
Yig‘ilishda dunyo mamlakatlarining YUNESKO bo‘yicha milliy komissiyalari vakillari ishtirok etmoqda.







