Jahon

AQSh davlat qarzi ilk bor iqtisodiyot hajmidan oshib ketdi

Qarz darajasi 2030-yilga borib 108 foizga yetishi kutilmoqda.

AQSh davlat qarzi ilk bor iqtisodiyot hajmidan oshib ketdi

 

AQShda davlat qarzi hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotidan (YaIM) oshib ketdi. Bu holat Ikkinchi jahon urushidan buyon ilk bor kuzatilmoqda deb xabar beradi Fox Business News ma'lumotlarga tayanib.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 31-mart holatiga davlat qarzi 31,27 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti hajmi 31,22 trillion dollarga baholangan. Shu tariqa, qarzning YaIMga nisbati 100 foizdan oshib ketgan.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, AQSh 1946-yilda qayd etilgan 106 foizlik rekord ko‘rsatkichga tez sur’atlarda yaqinlashmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 108 foizga yetishi, keyingi o‘n yillikda esa 120 foizdan oshishi mumkin.

 

Tahlillarga ko‘ra, qarzning keskin o‘sishi byudjet taqchilligi, ijtimoiy xarajatlarning ortishi hamda qarzning iqtisodiyotdan tezroq o‘sishi bilan izohlanmoqda. Bu esa foiz stavkalarining oshishi, inflyatsiya bosimi kuchayishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Moliyaviy ekspertlar davlat qarzining ortib borishi uzoq muddatda iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bois, byudjet taqchilligini kamaytirish va moliyaviy intizomni kuchaytirish zarurligi qayd etilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"