O'zbekiston

Navoiy viloyatida yana og‘ir YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Viloyatda so‘nggi ikki oyda YTHlar soni ortib, 11 nafar fuqaro vafot etgan.

Navoiy viloyatida yana og‘ir YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

 

Navoi viloyatining Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy–Uchquduq” avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan N.J. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomobil tezlikni oshirgan holda harakatlanib, yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 1993-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “Scania 114L” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida “Nexia-3” haydovchisi va undagi yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq ham Navoi viloyatida Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzgan holda yuk mashinasi bilan to‘qnashib, 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan edi. Oradan 15 kun o‘tib esa Kia va Chery rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 5 kishi vafot etgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"