0

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

 

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat hamkorligi yangi mazmun bilan boyimoqda. “O‘zmetkombinat” AJ va Rossiyaning Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (PNIPU) o‘rtasida muhandislik ta’limi va ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda strategik hamkorlikka doir Memorandum imzolandi. Tadbirda ikki tomon rahbariyati, PNIPU delegatsiyasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

   

 

 

 

Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida puxta, tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishdir. U metallurgiya yo‘nalishida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

500 ta maxsus grant: xodimlar uchun katta imkoniyat

 

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi. Ushbu grantlar orqali xodimlar PNIPUda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida masofaviy tarzda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Shuningdek, o‘qishda yuqori natijalarni qayd etgan tinglovchilar uchun PNIPU tomonidan maxsus stipendiyalar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida korxonada malakali injenerlar avlodini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Delegatsiyaning “O‘zmetkombinat”ga tashrifi

 

Imzolash marosimidan so‘ng PNIPU delegatsiyasi uchun korxonaning LPK ishlab chiqarish bo‘limlariga ekskursiya tashkil qilindi. Mehmonlar modernizatsiyadan o‘tgan ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar hamda muhandislik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Tashrif davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi.

 

“Yashil makon” doirasidagi ekologik tashabbus

 

Bugun “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi Futbol akademiyasi hududida keng ko‘lamli daraxt ekish tadbirini o‘tkazdi. Tadbir davomida ushbu hududga 200 tup daraxt ekildi. Shuningdek, korxona hududi va uning atrofi bo‘ylab 10 ming tup ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

 

   

 

Ekiladigan daraxt turlari hududning tabiiy-iqlim sharoitlari, tuproq tarkibi va ekologik omillar inobatga olingan holda tanlandi. Bu tashabbus yashil maydonlarni kengaytirish va hududning ekologik barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etildi.

 

     

 

     

 

Tadbirlarda korxona rahbariyati, xodimlar, Futbol akademiyasining yosh futbolchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Axborot vositalari vakillari ham xodimlar bilan bir qatorda daraxt ekish jarayonida faol qatnashdilar.

 

Tabiatga e’tibor — kelajak uchun sarmoya

 

“O‘zmetkombinat” AJ ekologik tashabbuslari orqali sanoat rivoji bilan bir qatorda atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuvni ham namoyon etib kelmoqda. Bugun ekilgan har bir nihol kelajak avlod uchun sog‘lom muhit, toza havo va obod shahar yaratishga qo‘shilgan muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"