Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot bankining yirik forumida ishtirok etadi

Oʻzbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining aʼzosi boʻlib, mamlakat ushbu nufuzli tadbirga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot bankining yirik forumida ishtirok etadi

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3–4-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

 

Davlat rahbari forumning ochilish marosimida nutq soʻzlaydi hamda yigʻilish doirasida ishtirokchi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

 

Mazkur xalqaro tadbirning asosiy mavzusi “Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning oʻzaro bogʻliq kelajagini ilgari surish” boʻlib, u global va mintaqaviy iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini bajaradi.

 

Yigʻilishda “yashil” transformatsiya, energetik oʻtish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb etish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligini taʼminlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

 

Tadbirda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar — Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vakillari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, shuningdek, yirik kompaniyalar, banklar va ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Jami 4 mingdan ortiq delegat qatnashishi kutilmoqda.

 

Oʻzbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining aʼzosi boʻlib, uning yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etadi. Oʻzbekiston ushbu nufuzli tadbirga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.