O‘zbekistonda 10 davomida qancha shaxs oqlandi?
Bu haqida Oliy sud matbuot xizmati ma'lumot berdi.

O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida 603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 10 oyi davomida:
-
1 289 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan;
-
10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilgan;
-
5 603 nafar shaxsga asossiz qo‘yilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarilgan;
-
8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilingan;
-
4 934 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan;
-
27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilingan;
-
9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrog‘i bilan almashtirilgan.







