O'zbekiston

OTM talabalarini o‘qishdan chetlatish tizimi o‘zgarishi mumkin

Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni o‘qishdan chetlatish taklif qilinmoqda.

OTM talabalarini o‘qishdan chetlatish tizimi o‘zgarishi mumkin

 

Oliy ta’lim muassasalarida akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni o‘qishdan chetlatish mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda. Shu munosabat bilan hukumatning 2020-yil 31-dekabrda qabul qilingan "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chor-tadbirlari to‘g‘risida"gi 824-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilmoqda.

 

Mazkur taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasida aks etgan. Unga ko‘ra, 824-son qaror bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 42-bandidan quyidagi jumlani olib tashlash taklif qilinmoqda:

 

"Semestr va o‘quv yili yakuni natijalariga ko‘ra akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi."

 

Agar bu taklif qabul qilinsa, talabalarni o‘qishdan chetlatish, qayta tiklash va kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartib quyidagicha bo‘ladi:

  • Agar talabaning GPA (o‘rtacha baholari) o‘tish balidan past bo‘lsa, u qayta o‘qishga qoldiriladi.
  • Akademik qarzdorligi bor talaba faqat shu fanlarni qayta o‘zlashtirib, tegishli shartnoma mablag‘larini to‘laydi.
  • Bir kursda necha marta qayta o‘qish mumkinligi bo‘yicha cheklov belgilanmaydi.

 

Loyihaga tegishli vazirlik va idoralar o‘z munosabatini bildirgan. "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi bu taklifga qarshi chiqib, bunday o‘zgarish kredit-modul tizimining asosiy tamoyillariga zid ekanini ta’kidlagan.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, akademik qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, talabaga:

  • Shu fanlarni boshqa semestrda qayta topshirish,
  • Yoki mazkur fan o‘rniga kiritilgan yangi modulni o‘zlashtirish imkoniyati berilishi lozim.

 

Shu sababli, faqat akademik qarzdorlik tufayli talabani o‘qishdan chetlatish xalqaro tajribaga ham mos kelmaydi, deyiladi loyiha ofisi bayonotida. Shu asosda hukumatning 824-son qarori 42-bandidagi "akademik qarzdorligi bor talabalar o‘qishdan chetlashtirilmaydi" degan jumlani o‘z o‘rnida qoldirish taklif etilgan.

 

Mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha taklif va e’tirozlar inobatga olinib, u yakuniy shaklga yetkazilgandan so‘ng qabul qilinishi mumkin.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"