O'zbekiston

Aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak to‘yxonada ushlandi

Uning qarzdorligi 36 mln so‘mni tashkil qiladi.

Aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak to‘yxonada ushlandi

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota ukasining nikoh to‘yida ushlandi.

 

Qayd etilishicha, sudning 2020 yil iyul oyidagi buyrug‘i bilan qarzdor ota A.Q. aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsada, u yillar davomida yig‘ilib qolgan qariyb 36 million so‘m mablag‘ni to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Bu qilmishi uchun unga o‘tgan yil avgust oyida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Bu jazodan ham tegishli xulosa chiqarmagan qarzdor ota aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgani uchun MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, surishtiruv va tergov harakatlarini boshlagan.

 

Bildirilishicha, bolasiga aliment to‘lamaslik maqsadida MIBdan yashiringani uchun unga qidiruv eʼlon qilinib, ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada qarzdor ota ukasining nikoh to‘yida qo‘lga olingan.

 

“U Termiz shahridagi muhtasham to‘yxonalardan birida dimog‘i chog‘ o‘tirganida topilib, ushlandi. Bu qilmishidan pushaymon bo‘lgan A.Q. qonunda belgilangan javobgarlik muqarrarligini anglagan holda yig‘ilib qolgan aliment qarzdorligini to‘liq to‘lashga majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"