Estoniyalik erkak skuterda tezlikni oshirgani uchun qamaldi
Shuningdek, u haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan.

Estoniya sudi elektr skuterida tezlikni oshirgan 48 yoshli erkakni ikki oyga qamoq jazosiga hukm qildi.
2023 yil avgust oyida politsiya Narva shahrida yashovchi erkakni ruxsat etilgan 25 km/soat tezlik o‘rniga 55 km/soat tezlikda harakatlangani uchun to‘xtatgan. Shuningdek, u haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. Avvalroq sud elektr skuterni mototsikl sifatida baholab bo‘lmasligini va shu sabab haydovchilik guvohnomasi talab qilinmasligini aytgan edi.
Biroq Estoniya Oliy sudi bu qarorni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Quyi sud sudlanuvchining ilgari ham yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzganini hisobga olib, unga ikki oylik qamoq jazosi tayinladi. Himoyachining shikoyati rad etildi va hukm qonuniy kuchga kirdi.







