O'zbekiston

O’zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari telefonlashdi

Davlat rahbarlari muhim masalalar yuzasidan fikr almashgan.

O’zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini bahor ayyomi - Navro‘z bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

 

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.

 

O‘tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo‘yicha rejalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.

 

Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

 

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama sammitlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

custom img

Yekaterinburg aeroportidagi cheklovlar tufayli Namangan reysi jadvali yangilandi

Ayrim reyslar Chelyabinsk zaxira aeroportiga yo‘naltirildi va qatnovlar jadvali vaqtincha o‘zgartirildi.

custom img

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

custom img

Surxondaryodagi dalada 4 kilo “gashish” topildi

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning yonidagi xo‘jalik qopidan qariyb 5 kg kannabis o‘simligi aniqlandi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"