O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi

Prezident nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.

 

– Bu yilgi Navro‘z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg‘un holda o‘tayotgani bayramga alohida ruh, o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishlamoqda. Qalblarimiz shodlikka to‘lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini tilaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlatimiz rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog‘inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi. 

 

Navro‘z 3 ming yillik davlatchiligimiz tarixida o‘zining beqiyos maʼnaviy ahamiyati bilan hamisha alohida eʼtibor topgan buyuk bayram ekani taʼkidlandi. Bu ayyomning betakror go‘zalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsafasi globallashuv davrida ham butun bashariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxsh kuchidan dalolat beradi.

 

Navro‘zda mujassam bo‘lgan bunyodkorlik ruhi Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va jadal o‘zgarishlarning asl mazmuni va ezgu g‘oyalariga hamohangdir. Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qatʼiy qadamlar qo‘yilmoqda.

 

Yurtimizda ko‘plab zamonaviy sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, yangi imorat va uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz obod bo‘lib bormoqda.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida diyorimizda yangi ekologik muhit yaratilmoqda. “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida bu jarayon yana-da keng ko‘lam kasb etmoqda.

 

Prezidentimiz nutqida yoshlar siyosatiga ham to‘xtalib, ular Yangi O‘zbekistonning ilg‘or va qudratli kuchiga aylanib borayotganini taʼkidladi. Ulkan natijalarga erishib, yurtimiz rivoji va obro‘sini oshirayotgan aql-idrokli, bilim va malakali, serg‘ayrat va ishbilarmon o‘g‘il-qizlarni sharafladi.

 

– Aziz farzandlarim, sizlar Vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bo‘lib porlaydigan vaqt keldi. Yurtimizdagi beqiyos imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun tinimsiz harakat qiling! Hech qachon unutmangki, ortingizda salkam 38 millionlik buyuk xalq, Prezident turibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Navro‘zning gashti, jozibasi, ayniqsa, mahallalarda o‘tayotgan xalq sayillarida yaqqol seziladi. Milliy anʼanalarimiz o‘chog‘i bo‘lgan mahalla tizimining hayotimizdagi o‘rni va taʼsiri tobora ortib bormoqda. Yoshlar tarbiyasi, osoyishtalikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahallaning o‘zida hal etilmoqda.

 

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barcha mahalla faollarini samimiy tabrikladi.

 

Navro‘z bag‘rikenglik va ahillik ruhi bilan yurtimizdagi barcha millat va elat vakillari uchun sevimli, tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan. Shu maʼnoda, Prezidentimiz butun xalqimizga murojaat qildi:

 

– Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!

 

Umumbashariy mohiyati tufayli Navro‘z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan. Bu qadriyat Sharqdagi ko‘plab elu elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yana-da jipslashtirmoqda. Shu oy oxirida qadimiy Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ahillik yo‘lida yana bir amaliy qadam bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbari bayramda ishtirok etayotgan elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillarini xalqaro Navro‘z kuni bilan qutlab, ularning xalqlariga do‘stlik salomini yo‘lladi.

 

Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Unda yurtimiz sanʼatkorlaridan tashqari Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qardosh o‘lkalarning taniqli xonandalari ham qatnashgani diqqatga sazavor bo‘ldi.

 

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i bayram shukuhiga burkangan. Maydonchalar alvon gullar va bayroqlar bilan bezatilgan. Milliy madaniyat markazlarining ko‘rgazmalarida yurtimizdagi totuvlik va boy madaniy xilma-xillik namoyon. 

 

Davlatimiz rahbari ushbu ko‘rgazmalarni va folklor-etnografik jamoalarning kuy-qo‘shiqlarini tomosha qildi.

 

Navro‘z sayillari yurtimizning barcha go‘shalarida davom etmoqda. Dehqonlar xalqimizning rizq-ro‘zi umidida yerga baraka urug‘lari ekmoqda. Mahallalarda obodonchilik, mehr-muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"