O'zbekiston

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Xitoy jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogida muddatidan avval Jahon chempionati va 2026-yilgi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan musobaqaning “A” guruhida O‘zbekiston Xitoy U-17 jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba terma jamoamizga guruh bosqichida yetarli ochko keltirib, asosiy turnirlarga yo‘l ochdi.

 

Joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"