Salomatlik

Dorilarsiz qon bosimini pasaytirish usuli aniqlandi

Choy, shokolad, olma – yurak salomatligi uchun tabiiy dorilar hisoblanadi.

Dorilarsiz qon bosimini pasaytirish usuli aniqlandi

 

Surrey universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, choy, qora shokolad, olma va uzum kabi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkin.

 

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, bu ijobiy ta’sir ushbu mahsulotlar tarkibidagi flavan-3-ollar deb ataluvchi tabiiy birikmalar bilan bog‘liq. Kakao, choy, mevalar va rezavorlar tarkibida mavjud bo‘lgan bu modda yurak-qon tomir salomatligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

145 ta randomizatsiyalangan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, flavan-3-ollar, ayniqsa, yuqori qon bosimiga ega odamlarda bosimni pasaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayrim holatlarda bu ta’sir hatto dori vositalari bilan teng darajada samarali bo‘lgani kuzatilgan.

 

Tadqiqot davomida flavan-3-ollar tomirlar ichki qatlamining (endoteliy) funksiyasini ham yaxshilashi aniqlangan. Bu esa ularning salomatlikka bosimdan mustaqil ravishda ham foydali ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.

 

Olimlarning ta’kidlashicha, bu modda dori vositalarining o‘rnini bosa olmaydi, biroq muvozanatli parhezning bir qismi sifatida flavan-3-ollarni o‘rtacha miqdorda iste’mol qilish yurak salomatligini saqlashda muhim qo‘shimcha chora bo‘lishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"