Jahon

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod hamda Qizil dengiz sohilidagi energetika obyektlariga raketa va dronlar yordamida hujum uyushtirganini bildirdi. Ar-Riyod aeroporti yaqinida yoqilg‘i saqlanadigan sig‘imlardan biri yonib, hududdan qora tutun ko‘tarilgan.

 

Husiylarning harbiy vakili Yahyo al-Sariya hujumlarda “ko‘p sonli ballistik va qanotli raketalar hamda dronlar” qo‘llanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ar-Riyoddagi muhim obyektlar hamda Yanbu shahridagi Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli obyektlar nishonga olingan.

 

Saudiya Arabistoni rasmiylari hozircha hujum yuzasidan izoh bermagan.

 

Voqea oldidan Saudiya Arabistoni Fuqaro mudofaasi Ar-Riyod va boshqa hududlarda ehtimoliy xavf haqida aholiga telefon orqali ogohlantirish yuborgan. Shundan so‘ng shaharda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalgan. Qirol Xolid xalqaro aeroportida esa reyslar kechiktirilgan va bekor qilingan.

 

AFP muxbirining xabar berishicha, o‘t o‘chiruvchilar Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli yonib ketgan yoqilg‘i sig‘imidagi yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan.

 

Husiylar hujumni Saudiya Arabistonining Yaman poytaxti Sana shahriga uyushtirayotgan zarbalariga javob sifatida amalga oshirganini bildirgan. Guruh Saudiya Arabistonini so‘nggi bir hafta ichida Yaman hududiga 300 ta zarba berishda ayblagan.

 

AFP'ning Yaman fuqarolar urushidagi ikki tomon manbalariga tayanib xabar berishicha, shanba kuni husiylar va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat kuchlari o‘rtasidagi janglarda 48 kishi halok bo‘lgan. Husiylar 31 jangchisini, hukumat kuchlari esa 17 nafar askarini yo‘qotganini bildirgan.

 

BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi janglar oqibatida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 104 796 nafardan oshgan.

 

Husiylar Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati bilan uzoq yillardan beri qurolli to‘qnashuvda. Guruh so‘nggi oylar davomida Saudiya Arabistoni hududidagi nishonlarga bir necha bor hujum qilgan.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"