Sirdaryoda 14 yoshli bola suvga cho'kib halok bo'ldi
Uning jasadi bir kundan so'ng topilgan.

18-may kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalida achinarli hodisa yuz berdi. 2011-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.X. do‘stlari bilan cho‘milish uchun borganda, ehtiyotsizlik sabab suvga cho‘kib ketgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi suvosti qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan. Afsuski, 19-may kuni suvdan bola jasadi topilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







