O'zbekiston

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlik taʼminlanadi

Baʼzi joylarda avtomobillar harakati cheklanadi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlik taʼminlanadi

Ertaga, 2025 yil 24 may kuni maktablarda joriy o‘quv yili yakuniga yetadi. Shu munosabat bilan taʼlim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

 

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 24 may kuni soat 08.00 dan 10.00 ga qadar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari respublikamizda faoliyat olib borayotgan 10 mingdan ortiq muassasada maktab o‘quvchilari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida keng nishonlanishi belgilangan.

 

Ushbu taʼlim muassasalarida 1-sinf, 9-sinf, 11-sinf bo‘lgan jami 2 milliondan ortiq bitiruvchi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Respublika hududida o‘tkaziladigan tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlashga jami 27 mingdan ortiq Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari biriktirildi.

 

Tadbir o‘tkaziladigan taʼlim muassasalari tegishli mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, qo‘riqlash pultiga ulangan. Videokuzatuv kameralari esa hududiy ichki ishlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilingan.

 

Bundan tashqari, maktablarda o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan yoshlarimiz xiyobonlar va istirohat bog‘lariga hordiq chiqarish uchun kelishlari kutilmoqda. Ushbu joylarda xavfsizlikni taʼminlashga jami 5 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilar xizmatga biriktirildi.

 

Hududlardagi bevosita yo‘l chetida joylashgan maktablar oldida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi. Maktablarning joylashgan joyiga qarab transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi. Shu kuni imkon qadar barchaga jamoat transportida harakatlanishlari tavsiya etiladi.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"