5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi
Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Shu kunning o‘zida gumonlanuvchi K.M. protsessual tartibda darhol ushlangan bo‘lib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Bolalar ombudsmani axborotida.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvida o‘z vakolatlari doirasida jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari taʼminlanishini kuzatib bormoqda.








