Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga taʼziya yo‘lladi
Prezident Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.







