Qashqadaryoda do‘kon 190 million so‘mlik elektrni o‘g‘irladi
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi “M.S.S.” xususiy tadbirkorga qarashli savdo do‘koni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalangan.
Bu holat Elektr energiyasi va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 181,7 million so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.







