Lifestyle

Yozda issiqqa qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘llari

Konditsionersiz ham xonani sovutish mumkin.

Yozda issiqqa qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘llari

 

Konditsioner yo‘q bo‘lgan uylarda yozgi jazirama chindan ham qiynovga aylanishi mumkin. Ammo bu muammoni katta xarajatlarsiz hal qilish yo‘llari mavjud. Kardiolog Gulnara Orlova issiq kunlarda xonadagi haroratni tabiiy usullar bilan qanday saqlash mumkinligini tushuntirib berdi.

 

Ideal xona harorati 24–26°C bo‘lishi kerak, deydi shifokor. Bunga quyidagi oddiy va arzon usullar yordamida erishish mumkin:

 

  • Xonani to‘g‘ri shamollatish va pardalardan foydalanish:
  • Ertalab va kechqurun — tashqarida salqinroq paytda — derazalarni ochib shamollatish kerak.
  • Kunduzi esa derazalarni mahkam yopib, ularni zich yoki qalin parda bilan to‘sib qo‘yish zarur. Bu issiqlikni uyga kiritmaydi va mebellar ham qizib ketmaydi.
  • Ventilyator va havo namligini oshirish:
  • Ventilyator havo aylanishini ta’minlaydi.
  • Ho‘l sochiq yoki choyshabni xona ichida osib qo‘yish va suv purkagich bilan xona havosini namlash; bir nechta idishga suv solib, ularga muz qo‘shish;

 

Sovutuvchi gigiyena va ichimliklar:

Ko‘proq suv ichish; salqin dush qabul qilish; yuz va qo‘llarni muz bo‘lagi yoki nam sochiq bilan artish tavsiya etiladi.

 

Soat 12:00–16:00 oralig‘ida quyosh ostida yurishdan saqlaning.

 

Yengil, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiying.

 

Bosh kiyim: shlyapa, panama yoki bandana – quyoshdan himoya qiladi.

 

Shuningdek, meva, sabzavot, dengiz mahsulotlari va kam yog‘li baliqlarga ko‘proq is'temol qilish, qovurilgan, yog‘li, unli va shirin mahsulotlarni cheklanish zarurligi ta'kidlandi.

 

Shifokor Orlovaning ta’kidlashicha, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari va gipertoniyaga chalinganlar uchun bu choralar hayotiy ahamiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"