Jizzaxdagi uylarga ilon kirib qoldi
U FVV xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan.

Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” MFY “Nurafshon” ko‘chasida joylashgan uylarning birida, shuningdek, Jizzax shahar “Do‘stlik” MFY «Saroytepa» ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida uy ichiga ichiga ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Xabarlarga asosan, Jizzax viloyati FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, uylarning ichiga kirib olgan ilonlarni olib chiqdi va ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi.







