4 nafar bloger javobgarlikka tortildi
Ular bukmakerlik kompaniyasini relama qilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.
Xususan, bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:
— fuqaro Shodiyev Jasurbek G‘ulomjon o‘g‘li (jasjannew);
— fuqaro Normamatov Dadabek Baxrom o‘g‘li (allme. uz);
— fuqaro Raxmatov Sherxon Lutfullo o‘g‘li (sherxon.zdss);
— fuqaro Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar o‘g‘li (hojiakbar_ku).
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.







