O'zbekiston

Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun Toshkentga charter parvoz tashkil etildi

Akabadan charter reys bugun, 24-iyun kuni amalga oshiriladi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun Toshkentga charter parvoz tashkil etildi

 

O‘zbekistonlik fuqarolarni olib kelish uchun Iordaniyadan Toshkentga charter reys amalga oshiriladi.

 

24-iyun kuni Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga maxsus charter reysi tashkil etiladi. Bu parvoz Isroilda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Isroilning O'zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

 

Elchixonaning xabariga ko‘ra, “Fly Khiva” aviakompaniyasining FKH9902 raqamli charter reysi 24-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:10 da Akabadan havoga ko‘tariladi va Toshkentga 25-iyun kuni soat 02:40 da yetib keladi.

 

Elchixona fuqarolarga chegaradan o‘tishda xorijga chiqish uchun amaldagi pasport hamda boshqa zarur hujjatlar bo‘lishi shartligini eslatmoqda.

 

Shuningdek, aviabilet xaridi, Iordaniya vizasini rasmiylashtirish, shuningdek, Tel-Avivdan Iordaniya chegarasigacha bo‘lgan transfer xizmati yuzasidan +972 53-556-5254 raqami orqali (WhatsApp orqali ham) murojaat qilish mumkin.

 

Elchixona parvoz vaqti aviakompaniya yoki mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga ko‘ra o‘zgarishi mumkinligini ham alohida ta’kidladi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Tezkor tadbir davomida narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki kishi va ularning buyurtmachisi ham qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Tadbirda MDH mamlakatlari milliy oshxonasining pazandachilik an’analari namoyish etildi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun Toshkentga charter parvoz tashkil etildi | Zamon.uz