O'zbekiston

Qashqadaryoda pora olgan IIB xodimlari sudlandi

Sudlanuvchilar sudda o‘z ayblarini tan olishmagan bo‘lsa-da, pora olish faktlari isbotlangan.

Qashqadaryoda pora olgan IIB xodimlari sudlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 7 nafar YPX xodimi pora olgani uchun sudlangani haqida xabarlar tarqalgandi. IIV YHXBB mahkumlar orasida yetti nafar emas, to‘rt nafar YPX xodimi borligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, ular jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

 

Sudlanuvchilar orasida 32 yoshli YPX inspektori, karantin tadbirlarini taʼminlash guruhining 36 yoshli oddiy xodimi, YPX maxsus otryadi 1-safarbarlik guruhi inspektorlari 31, 29 va 31 yosh, “Umakay” karantin chegara punkti 34 yoshli inspektori va 33 yoshli ishsiz fuqaro bo‘lgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, IIB xodimlari bir necha oy davomida “Umakay” posti orqali qora metall parchalari ortilgan yuk mashinalarini tekshirmasdan va hujjatlashtirmasdan o‘tkazib yuborgan. Ushbu harakatlar metallomning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tasdiqlangan rejani chetlab o‘tgan holda amalga oshirilgan. Buning uchun inspektorlar shaxsan, uchinchi shaxslar orqali yoki plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan 100 ming so‘mdan 5 mln so‘mgacha pora olgan.

 

Sud, shuningdek, sudlanuvchilarning har biri alohida xizmatlarda ishlagani, hech kim bir-biriga bo‘ysunmagani, baʼzilari esa bir-birini shaxsan tanimasligi va muloqot qilmaganini aniqladi. Sud ishda uyushgan jinoiy guruh belgilari yo‘qligini maʼlum qildi.

 

Sudlanuvchilar sudda o‘z ayblarini tan olishmagan bo‘lsa-da, pora olish faktlari isbotlangan.

 

Sud sudlanuvchilarni JKning 210-moddasida (pora olish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Ularning uch nafariga 5 yil, to‘rt nafariga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

 

Shuningdek, sudlanuvchilar 2 yil muddatga davlat organlari yoki tashkilotlarida maʼmuriy va moddiy javobgarlik funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan.

 

Shuningdek, sudlanuvchilardan olingan 20,2 mln so‘m miqdoridagi pora davlat daromadiga undiriladi.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"