O'zbekiston

AQSH vizaga ariza topshirgan o‘zbekistonliklarning 64 foiziga rad javob berdi

Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko’rsatkich. Xo’sh, viza berish nega rad etilishi mumkin?

AQSH vizaga ariza topshirgan o‘zbekistonliklarning 64 foiziga rad javob berdi

2024-yilda AQSH tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining B1/B2 vizalariga topshirgan arizalarining 64,41 foizi rad etilgan, bu esa mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Bu haqda AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan. Bu holat ko‘plab yurtdoshlar uchun muhim masalaga aylangan va savollar uyg‘otgan. 

 

2023-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,85 foizga oshgan (2023-yilda 59,56% edi). Bu tendensiya AQSHning O‘zbekistonga nisbatan vizaviy siyosati keskinroq bo‘lib borayotganini anglatadi.

 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida rad etilish darajasi quyidagicha:

 

Qozog‘iston – 46,29%

 

Tojikiston – 45,24%

 

Qirg‘iziston – 39,14%

 

Turkmaniston – 58,80%

 

Bu raqamlar O‘zbekiston fuqarolarining vizaga bo‘lgan talablarida noto‘g‘ri to‘ldirish, hujjat yetishmovchiligi, yoki niyatga ishonchsizlik kabi omillar borligini ko‘rsatadi.

 

Laos (82,84%), Somali (77%), Mavritaniya (70,07%) kabi davlatlar eng yuqori rad javobi olingan davlatlar sirasiga kirgan. Shu bilan birga, Fransiya (8,50%), Yaponiya (5,76%) va Birlashgan Arab Amirliklari (1,46%) kabi davlatlardan ariza topshiruvchilarga nisbatan viza berilish ehtimoli juda yuqori.

 

Rossiyada rad etish darajasi 38,56%, Belarusda 28,79%, Ozarbayjonda esa atigi 21,46% bo‘lgan. O‘zbekiston ko‘rsatkichi bu davlatlarga qaraganda ancha yuqori.

 

AQSH vizasini olishda rad etilishga quyidagi sabablar ta’sir qilishi mumkin:

 

Viza suhbatida ishonsiz bayonotlar;

 

Moliyaviy hujjatlarning yetarli emasligi;

 

AQSHda qolib ketish ehtimolining yuqoriligi;

 

Arizani noto‘g‘ri to‘ldirish yoki yolg‘on ma’lumotlar.

 

Endilikda F, M yoki J toifadagi vizalarga topshirganlar ijtimoiy tarmoq akkauntlarini ommaviy qilishlari talab etiladi. Bu talab 2025-yil 21-iyundan kuchga kirgan va vizani olishda qo‘shimcha shaffoflikni ta’minlash maqsadida kiritilgan.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"