O'zbekiston

“Shahriston” metro bekatida oynali himoya to‘siqlari joriy etiladi

“Mingo‘rik – Janubiy vokzal” va “Janubiy vokzal – Chilonzor buyum bozori” metro yo‘nalishlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

“Shahriston” metro bekatida oynali himoya to‘siqlari joriy etiladi



Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizligini oshirish, shuningdek, infratuzilmadan foydalanish samaradorligini yaxshilashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.



Taqdimotda poytaxt aholisi va mehmonlari soni ortib borayotgani, shahar hududining kengayishi hamda jamoat transportiga bo‘lgan talabning oshishi metropoliten tizimini yangi bosqichda rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi. Shu maqsadda 2030-yilgacha kunlik yo‘lovchilar oqimini 1,8 million nafarga yetkazish, metro bekatlari sonini 79 taga, liniyalar uzunligini esa 103 kilometrga yetkazish rejalashtirilmoqda. Poyezdlar harakati intervalini 1,5–3 daqiqagacha qisqartirish ham ko‘zda tutilgan.



Metropoliten infratuzilmasini modernizatsiya qilish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ham qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, 2026–2028-yillarda xizmat ko‘rsatish sifati va fuqarolar muhofazasi obyektlari texnik bazasini yaxshilash choralari amalga oshiriladi.



Yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida “Shahriston” metro bekati platformalarida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif etildi. Xalqaro tajriba bunday yechimlar baxtsiz hodisalarni 80–90 foizgacha kamaytirishini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ushbu infratuzilma reklama imkoniyatlarini kengaytirish orqali qo‘shimcha daromad manbai ham yaratadi.



Yangi metro yo‘nalishlarini qurish masalasi ham muhokama qilindi. Xususan, “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, birinchi bosqichda “Mingo‘rik – Janubiy vokzal”, keyingi bosqichda esa “Janubiy vokzal – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.



Shuningdek, metropoliten uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, jumladan, raqamli reklama maydonlarini xususiy sektorga auksion asosida ijaraga berish, bekatlarda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish, bo‘sh xonalarni kovorking va ofis sifatida foydalanishga berish takliflari bildirildi. “Park&Ride” tizimini joriy etish orqali metro va avtotransport o‘rtasidagi qulay integratsiyani ta’minlash rejalashtirilmoqda.



Taqdimotda 2027–2030-yillarda harakat tarkibini yangilash, yangi elektrodepo qurish, 2027–2035-yillarga mo‘ljallangan metropolitenni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Strategiyada metro tarmog‘ini ikki barobarga kengaytirish, yo‘lovchi tashish hajmini 2,5 barobarga oshirish va zamonaviy, energiya tejamkor tizim yaratish maqsad qilingan.



Shuningdek, yo‘l haqini to‘lash tizimini takomillashtirish, masofaga qarab to‘lov, abonement tizimi va ijtimoiy imtiyozlarni joriy etish imkoniyatlari ham o‘rganilmoqda.



Prezident Shavkat Mirziyoyev metropoliten yirik shahar hayotida eng muhim infratuzilmalardan biri ekanini ta’kidlab, xizmat sifati, xavfsizlik va moliyaviy barqarorlikni uyg‘un holda rivojlantirish zarurligini qayd etdi. Bildirilgan takliflar ma’qullanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.