O'zbekiston

Bolalar ombudsmani faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda

Bola huquqlari bo‘yicha vakili huquqiy maqomi va vakolatlari ta’sirchanligi kuchaytirilmoqda.

Bolalar ombudsmani faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.



Qayd etilishicha, mazkur loyiha orqali 13 ta qonun hujjatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan bo‘lib, ular Bolalar ombudsmani institutining huquqiy maqomi va vakolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan.



Xususan, yangi tartiblarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bolalarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Bola huquqlari bo‘yicha vakilni majburiy ravishda xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, Bolalar ombudsmaniga bunday jinoyatlar bo‘yicha ish materiallari bilan tanishish huquqi beriladi.



Qonun loyihasida ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmaganlar, qamoqqa olingan va ushlab turilgan shaxslarning murojaatlarini Bola huquqlari bo‘yicha vakilga yuborish tartibi ham aniq belgilab qo‘yilmoqda.



Bundan tashqari, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, Bolalar ombudsmani bola manfaatlari yuzasidan sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.



Hujjatda, shuningdek, parlament palatalari tomonidan Bola huquqlari bo‘yicha vakilning daxlsizlik huquqiga oid masalalarni ko‘rib chiqish hamda uning ma’ruzasini eshitish tartiblari ham mustahkamlanmoqda.



Shu bilan birga, Bola huquqlari bo‘yicha vakilning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi alohida normalar ham joriy etilmoqda.



Ta’kidlanishicha, ushbu qonun loyihasi Bolalar ombudsmani faoliyatining institutsional mustaqilligini kuchaytirish, bola huquqlariga oid qonunchilik ijrosi ustidan parlament nazoratini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.



Yig‘ilish yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"