O'zbekiston

Harbiy xizmatchilarga yiliga bir martalik 100 BHMgacha moddiy yordam beriladi

Shuningdek, kamida 20 yil xizmat qilgan harbiylar uchun imtiyozli sanatoriy yoʻllanmalari va qoʻshimcha moddiy yordam joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Harbiy xizmatchilarga yiliga bir martalik 100 BHMgacha moddiy yordam beriladi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Harbiy xizmatchilarning maqomi va ularning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.



Mazkur qonun loyihasi harbiy xizmatchilarning huquqlari, imtiyozlari, kafolatlari va majburiyatlarini kompleks tarzda tartibga solishga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining huquqiy maqomini aniq belgilashni nazarda tutadi.



Hujjatda harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari, xizmat intizomi, masʼuliyati hamda ijtimoiy va huquqiy himoya mexanizmlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kafolatlar mustahkamlanmoqda.



Qonun loyihasiga muvofiq, moddiy taʼminot, sifatli tibbiy xizmat, uy-joy bilan taʼminlash, majburiy davlat sugʻurtasi, pensiya taʼminoti hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida jarohat olish yoki halok boʻlish holatlarida kompensatsiya toʻlash kabi muhim ijtimoiy kafolatlar qonun darajasida mustahkamlanadi.



Shuningdek, kamida 20 yillik xizmat stajiga ega boʻlgan va harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar uchun yiliga bir marta imtiyozli asosda sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanma berish tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bunda yoʻllanma qiymatining 75 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.



Bundan tashqari, qonun loyihasida harbiy xizmatchilarga yiliga bir marta 100 bazaviy hisoblash miqdorigacha moddiy yordam koʻrsatish mexanizmi ham nazarda tutilgan.



Muhokamalar davomida deputatlar ushbu hujjat harbiy xizmat nufuzini oshirish, Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularning oila aʼzolari uchun ishonchli kafolatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.



Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"