Madaniyat

Toshkentda ilk marotaba “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi o‘tkaziladi

Forumda 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Toshkentda ilk marotaba “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi o‘tkaziladi

2026-yilning 18–20-may kunlari ilk marotaba Toshkent shahrida “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusida yirik xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Unda 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

 

Forumda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya va Tojikiston davlatlaridan nufuzli mehmonlar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari, professorlar va PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari rahbarlari, shuningdek, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etadi. 

 

Mazkur xalqaro forum zamonaviy musiqa ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, milliy musiqa merosini jahon ta’lim maydoniga integratsiya qilish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish va ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Forum doirasida “Madaniyat ta’limida sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etiladi. Ushbu konferensiya madaniyat va san’at ta’limi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda innovatsion o‘qitish metodlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlanadi. 

 

Tadbir davomida 80 dan ortiq ilmiy ishlar, innovatsion loyihalar va amaliy tadqiqotlar taqdim etiladi.Forum yakunlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik memorandumlari, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgan.

 

“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi mamlakatda musiqa va madaniyat ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion va raqamli yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Toshkentda ilk marotaba “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi o‘tkaziladi | Zamon.uz