Jinoyat

Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari xorijga ishga yuborish bo‘yicha korrupsion sxema tuzgani aniqlandi

Gumonlanuvchilar Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga jami 135 mln dollardan ortiq pulni noqonuniy olgan.

Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari xorijga ishga yuborish bo‘yicha korrupsion sxema tuzgani aniqlandi

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga mehnat muhojirlarini ishga jo‘natish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etildi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh shaxslar — jumladan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (hozirgi Migratsiya agentligi) sobiq mansabdorlari hamda xususiy bandlik agentliklari vakillari — oldindan til biriktirib, uyushgan jinoiy guruh tuzgan.

 

Ular Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSH dollari olgan. Shuningdek, rasmiy to‘lovlardan tashqari har bir fuqarodan 7–12 ming dollargacha noqonuniy mablag‘ undirilgan bo‘lib, umumiy zarar miqdori qariyb 90 mln dollarga yetgani qayd etilgan.

 

Yana bir holatda guruh 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborish evaziga 580 ming dollar olgani, shuningdek, Koreyada bo‘lgan 1000 nafar fuqarodan noqonuniy tarzda 5,6 mln dollar undirgani aniqlangan. Umumiy zarar miqdori 45 mln dollarga yetgan.

 

Hozirda Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ortiq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Tergov organlari yetkazilgan zarar hajmini aniqlash va mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Bosh prokuratura departamenti ushbu uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan zarar ko‘rgan fuqarolarni 71-233-10-07 ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi. Shuningdek, murojaat qilgan shaxslarning ma’lumotlari maxfiy saqlanishi ta’kidlangan.

 

Avvalroq Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"