O'zbekiston

Madaniy meros milliy ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 67 taga oshdi

Hozirda davlat muhofazasidagi obyektlar soni 8437 taga yetdi.

Madaniy meros milliy ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 67 taga oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-son qaroriga muvofiq, Hukumatning 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror mamlakat hududidagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning tarixiy-madaniy qiymatini asrab-avaylash hamda davlat himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

 

 

Qarorga asosan, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan arxeologik yodgorliklar, tarixiy va me’moriy inshootlar, monumental san’at obyektlari hamda diqqatga sazovor maskanlarning milliy ro‘yxati qayta ko‘rib chiqildi. Natijada bir qator yangi obyektlar davlat muhofazasiga olinib, ularga madaniy meros maqomi berildi.

 

 

Shuningdek, ayrim obyektlarning balans saqlovchilari, foydalanish huquqi hamda muhofaza hududlariga oid ma’lumotlar ham yangilandi. Bu esa madaniy meros obyektlarini asrash, ulardan oqilona foydalanish va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

 

Qarorga muvofiq, Madaniy meros agentligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda obyektlarni belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritib borish vazifasi yuklatildi. Shu bilan birga, moddiy madaniy meros obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, ularning texnik holatini monitoring qilish hamda davlat muhofazasini mustahkamlash ishlari izchil davom ettiriladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, shu kungacha milliy ro‘yxatga kiritilgan 8370 ta madaniy meros obyekti davlat muhofazasiga olingan edi. Yangi tasdiqlangan qarorga asosan yana 67 ta yangi obyekt ro‘yxatga qo‘shilib, muhofazadagi obyektlar soni 8437 taga yetdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.