Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ilistonda daraxt ekdi
Shuningdek, prezident anʼanaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi.

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga "Ix Tenger" davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdilar.
Marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tobora mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.
Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar “Naadam” anʼanaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildilar.







