O'zbekiston

“Biri Quyosh, biri Oy”: “Katta” odamlarning oddiy ota-onalari

Bojxona qo‘mitasi tomonidan noodatiy eksklyuziv fotoko‘rgazma tashkil qilindi.

“Biri Quyosh, biri Oy”: “Katta” odamlarning oddiy ota-onalari

Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor “Biri Quyosh, biri Oy” nomli eksklyuziv fotoko‘rgazma tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma bojxona xizmati tarixida ilk bor o‘tkazilgani bilan ahamiyatli bo‘lib, o‘zining o‘ziga xos taʼsirchanligi bilan tomoshabinlarni jalb etmoqda. Unda yurtimiz hududlarida xizmat qilayotgan bojxona xodimlarining ota-onalari aks etgan 100 dan ortiq fotosuratlar namoyish qilinmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Ko‘rgazma, ayni paytda, davlatimiz rahbarining 2024 yil 25 martdagi PQ-122-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Bu qarorda bojxona xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, maʼnaviy jihatdan rag‘batlantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Fotosuratlarda faqat yuz va qiyofa emas, balki har bir insonning ruhiyati, hayot tajribasi, mehnatga sadoqati va farzand tarbiyasidagi sabr-toqati muhrlangan.

 

 

 

 

 

 

 

Tomoshabinlar suratlar orqali bojxonachi farzandlarining ortida turgan samimiy, mehnatkash va fidoiy ota-onalar bilan xayolan yuzma-yuz kelishadi. Ko‘rgazma jamoatchilikka ko‘p ham ko‘rinish bermaydigan bojxona xodimlarining shaxsiy hayotiga insoniy nazar tashlash imkonini beradi. Shuningdek, ularning ota-onalari – dehqon, bog‘bon, shifokor, o‘qituvchi, hunarmand, sanʼatkor, harbiy va boshqa kasb egalari — jamiyatga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan insonlardir.

 

 

 

 

 

 

 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Otabek Choriyev, fotorassomlar uyushmasi raisi Rustam Sharipov va O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova ishtirok etdi. Aktrisa Zuhra Ashurova tomonidan ota-onani ulug‘lashga bag‘ishlangan taʼsirli monologlar ijro etildi. Bu lahzalar mehr va ehtirom bilan to‘lgan onlarga boy bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan fotosuratlar Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati hududiy havaskor tasvirchilari tomonidan tasvirga olingan. Tadbirning “27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” arafasida o‘tkazilishi ham uning maʼnaviy yukini yana-da oshirdi. Shu kuni malaka oshirish uchun poytaxtga jamlangan bojxona organlarining matbuot xizmatlari xodimlariga faol xizmatlari uchun esdalik diplomlari topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Biri Quyosh, biri Oy”: “Katta” odamlarning oddiy ota-onalari | Zamon.uz