O'zbekiston

O‘zbekiston IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga saylandi

Ushbu voqea O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro diplomatiyada egallagan mavqei tobora o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi va mamlakatimizning ko‘p tomonlama hamkorlik, islomiy birdamlik va asosiy erkinliklarni himoya qilish prinsiplariga sodiqligini namoyish etadi.

O‘zbekiston IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga saylandi

2025 yil 21-22 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi bo‘ldi. Sessiya "Islom hamkorlik tashkiloti dunyo  o‘zgarishi sharoitida" shiori ostida o‘tkazildi.

 

Tadbirda IHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, IHT rahbariyati va tuzilmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

 

Sammit davomida IHT kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, Istanbul deklaratsiyasi qabul qilindi.

 

Sessiyaning asosiy natijalaridan biri 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan muddatga IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining to‘qqiz nafar yangi aʼzosi saylovi o‘tkazilganidir. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, professor Mirzatillo Tillaboyev uch yil muddatga IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga aʼzo etib saylandi.

 

Ushbu voqea O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro diplomatiyada egallagan mavqei tobora o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi va mamlakatimizning ko‘p tomonlama hamkorlik, islomiy birdamlik va asosiy erkinliklarni himoya qilish prinsiplariga sodiqligini namoyish etadi. Bundan tashqari, bu natija O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro institutlar bilan o‘zaro hamkorligidagi muhim bosqich bo‘lib, IHTga aʼzo davlatlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi.

 

 

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya IHTning inson huquqlari sohasidagi asosiy ekspert organi hisoblanadi. Ushbu Komissiya 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uch yil muddatga saylanadigan 18 aʼzodan iborat. Komissiya IHTga keng ko‘lamli masalalar, jumladan, fuqarolik va siyosiy huquqlar, ijtimoiy adolat, ozchiliklar huquqlarini himoya qilish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik muammolari bo‘yicha maslahatlar beradi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya o‘z faoliyatida IHT Nizomi va IHTning Inson huquqlari bo‘yicha Qohira deklaratsiyasiga amal qiladi. Islom qadriyatlarini inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirishga intiladi.

 

O‘zbekiston vakili – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov 2018-2021 yillarda ilk bor IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi aʼzoligiga saylangan. A. Saidov 2019 yilda Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyaga raislik qilgan va o‘sha yili Toshkentda ushbu Komissiyaning yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan 6-yillik seminari o‘tkazilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari  M. Tillaboyev Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish, inson huquqlari bo‘yicha taʼlimni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishda muhim rol o‘ynagan. Uning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya aʼzoligiga saylanishi bir vaqtning o‘zida kasbiy tajribasining eʼtirofi va O‘zbekistonning milliy tajribasini islom dunyosi maydonida taqdim etish hamda inson huquqlari bo‘yicha dolzarb kun tartibini shakllantirishga hissa qo‘shish uchun strategik imkoniyat hamdir.

 

 

 

 

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi qarorida Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Bu o‘rinda, jumladan, Falastin xalqi huquqlarini himoya qilish, islomofobiyaga qarshi kurashish, ayollar va bolalar huquqlarini ilgari surish, diniy bag‘rikenglikni taʼminlash va dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lish masalalari haqida so‘z bormoqda.

 

Yangi texnologiyalarni huquqiy tartibga solishga alohida eʼtibor qaratilib, Sunʼiy intellektni tartibga solish prinsiplari va inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jidda deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya islom dunyosida bunday turdagi ilk hujjatdir.

 

Sessiya qarorida aks etgan muhim voqealar qatorida 2024 yil iyun oyida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha IV Samarqand forum ham alohida qayd etilgan. Forum misolida mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha global muloqotni rivojlantirishga o‘z munosib hissasini qo‘shganligi taʼkidlangan.

 

O‘zbekistonning aʼzoligi IHT Komissiyasi faoliyatiga Markaziy Osiyo mintaqasi tomonidan ham munosib hissa qo‘shilishi imkonini beradi. Bu voqelik, shuningdek, IHTga aʼzo davlatlar bilan qonunchilikni takomillashtirish, institutsional rivojlanish, inson huquqlariga asoslangan boshqaruv va taʼlim kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyaning to‘laqonli aʼzosi sifatida O‘zbekiston dolzarb tashabbuslarni ilgari surish va umumiy qadriyatlarga asoslangan konstruktiv muloqot uchun yana-da salmoqli platformaga ega bo‘ladi.

 

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"