O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda biroz bulutli havo kuzatiladi

Respublikada harorat 31-39 daraja atrofida bo’ladi.

Bugun O‘zbekistonda biroz bulutli havo kuzatiladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 27-iyun kuni respublika bo‘ylab harorat kechasi 18-27 daraja iliq, kunduzi esa 31-39 daraja atrofida bo‘ladi.

 

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo'ladi. Shamol 7-12 m/s, ba’zan 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo'ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘ladi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 34-39 issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo'ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 issiq bo‘ladi.

 

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo'ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s, ba’zida 13-18 m/s gacha kuchayadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 issiq bo‘ladi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"