O'zbekiston

Endi Toshkent ko'chalaridagi tirbandliklarni avvaldan bilish mumkin bo'ladi

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha Toshkent tajribasi boshqa hududlarga tatbiq etilada.

Endi Toshkent ko'chalaridagi tirbandliklarni avvaldan bilish mumkin bo'ladi

 

Toshkent shahar IIBB Yo‘l-patrul xizmati brigadasining ma’muriy binosi to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

 

Bu chora davlat rahbarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosi doirasida, xodimlar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, tizimni raqamlashtirish va texnik infratuzilmani mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.

 

Yangi kompleksga ma’muriy binolar, yig‘ilish zali, kutubxona, o‘q otish joyi, oshxona, xizmat va ta’mirlash ustaxonalari, saf maydonlari hamda avtoturargohlar kiradi. Binoda zamonaviy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xodimlarning xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, poytaxtda harakat xavfsizligini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish maqsadida Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi tashkil etildi. Unga joriy etilgan Intellektual transport platformasi orqali yo‘l harakati oqimini kuzatish, tahlil qilish, tirbandliklarni oldindan aniqlash va boshqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada shahardagi tirbandliklar 50 foizgacha kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatining tezlashuvi, yo‘l-transport hodisalari sonining qisqarishi va boshqaruvning samaradorligi oshishi kutilmoqda.

 

Tadbir davomida Toshkent shahar hokimi tomonidan YPX xizmatiga 20 dona, PPX uchun esa 20 dona maxsus jihozlangan “Cobalt” rusumli xizmat avtomobillari topshirildi. Ular zamonaviy kuzatuv kamerasi va markaz bilan integratsiyalashgan aloqa tizimlari bilan jihozlangan. Bu avtomobillar orqali qidiruvdagi shaxslar va transport vositalarini aniqlash, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni markazga uzatish mumkin.

 

Shu bilan birga, YPX xodimlarining fidokorona mehnati ham munosib e’tirof etildi. Boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Muhammad Adilov va inspektor serjant Sherzod Holnazarov “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Serjant Muhammad Dadaev esdalik qo‘l soati bilan mukofotlandi, kichik serjantlar Abbos Nurimov, Otabek Saidov va Quvonch Xamitovlar esa pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

 

Tadbirda IIV rahbariyati, Toshkent shahar hokimiyati va prokuraturasi vakillari, soha faxriylari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Ular tomonidan Toshkent tajribasi boshqa hududlarga tatbiq etilayotgani, bu boradagi ijobiy natijalar alohida e’tirof etildi.

 

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent YPX xizmati tomonidan 2,9 milliondan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan, 70 nafar qidiruvdagi shaxs hamda 100 dan ortiq transport vositasi qo‘lga olingan.

 

Yo‘l-transport hodisalari soni umumiy hisobda 4,1 foizga, halokatli holatlar esa 6,9 foizga kamaygan. Tezlikni oshirish bilan bog‘liq hodisalar 66,7 foizga, mast holdagi boshqaruvlar 16,7 foizga, bolalar ishtirokidagi YTHlar esa 8 foizga qisqargan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"