“Sizlarga fidoyiligingiz, axborotga bo‘lgan sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman”
Saida Mirziyoyeva jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jurnalistlar va OAV sohasi vakillariga samimiy tabrik yo‘lladi. Tabrik matni rahbarning Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Unda O‘zbekistonda erkin va professionallikka intilayotgan matbuot faoliyati yuqori baholanib, OAV xodimlariga bo‘lgan chuqur hurmat izhor etilgan: “O‘zbekiston taraqqiyotidagi eng muhim yutuqlardan biri – bu erkin va professional matbuotdir. Sizlarga fidoyiligingiz, axborotga bo‘lgan sadoqatingiz va o‘quvchilaringiz oldidagi mas’uliyatli yondashuvingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman”, — deyiladi tabrikda.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva mamlakatda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohot va ijobiy o‘zgarishlar aynan jurnalistlar mehnatining natijasi ekanini alohida qayd etgan: “Yurtimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan jurnalistlarni samimiy muborakbod etaman. O‘zbekistondagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar sizning fidokorona va halol mehnatingiz bilan bog‘liq”.







