O'zbekiston

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz to‘plash, tashish va zararsizlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi.

 

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A. Tuychiyev tomonidan yuborilgan so‘rovga senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar asos bo‘lgan.

 

O‘rganishlar davomida tibbiyot chiqindilarini ochiq usulda yoki maishiy chiqindilar bilan birga yoqish, shuningdek, ularni maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari uchrayotgani aniqlangan.

 

Senator so‘rovida tibbiyot chiqindilarining kunlik hajmini yagona elektron hisobga olish hamda ularni belgilangan tartibda qayta ishlash korxonalariga to‘liq yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot so‘ralgan.

 

Shuningdek, tibbiyot chiqindilarini to‘plash, tashish, saqlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va qayta ishlashga qo‘yilgan talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham axborot berish so‘ralgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.