O'zbekiston

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib



Toshkentda qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi. Bu Hukumatning 22-sentabrdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.



Yangi nizom Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini belgilaydi.



Unga ko‘ra, vakolatli davlat organi transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish haqida qaror qabul qilganda, bu haqdagi maʼlumot «Jarima maydonchasi» moduli orqali tegishli davlat organlari va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga yuboriladi.


Transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport faqat maxsus texnika vositalari — evakuator yoki manipulyator yordamida jarima maydonchasiga olib kelinadi.


Ushlangan transportni saqlab turish sabablari bartaraf etilgach, uni jarima maydonchasidan olib chiqishga «Jarima maydonchasi» moduli orqali ruxsat beriladi.



Bunda ruxsatnoma maʼmuriy ishni ko‘rib chiqayotgan organ mansabdor shaxslari tomonidan elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Hujjat QR-kod bilan tasdiqlanib, transport vositasi haydovchisi hamda saqlash xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsga modul orqali bir ish kuni ichida yuboriladi. Shuningdek, haydovchining telefon raqamiga SMS-xabarnoma jo‘natiladi.



«Jarima maydonchasi» moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnoma asosida ushlangan transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish taqiqlanadi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Guruhda “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi materiallar tarqatilgan.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.