O'zbekiston

1-iyuldan kuchga kiradigan asosiy normativ o‘zgarishlar

O‘zbekiston qonunchiligida qanday yangiliklar kutilyapti?

1-iyuldan kuchga kiradigan asosiy normativ o‘zgarishlar

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, qurilish va energetika sohasini tartibga solish bo‘yicha bir qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi. Quyida eng asosiy yangiliklar bilan tanishing:

 

Ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar oshiriladi

 

Pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga ko‘paytiriladi.

 

Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar, mehnatga layoqatsizlar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun to‘lanadigan yordam puli miqdorlari belgilab berildi.

 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘lovlar endilikda avtomatik tayinlanadi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

 

Ziplayn va tayparklar tashkil etishga 100 million so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi.

 

Bolalar uchun kontent yaratadigan kompaniyalar soliq imtiyozlaridan foydalanadi.

 

Davlat xizmatlarining 11 turi xususiy sektorga o‘tkaziladi.

 

Qurilish sohasida yangi tartiblar joriy qilinadi

 

Eskrou hisob tizimi bosqichma-bosqich tatbiq etiladi: 2026-yildan yagona moliyalashtirish yo‘li sifatida.

 

Ulushdorlarning manfaatini himoya qiluvchi “Yagona hayotiy sikl” tamoyili amaliyotga joriy etiladi.

 

Quruvchilar faoliyati ochiqligi ta’minlanadi: elektron platforma orqali loyihalar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Energetika samaradorligi va ekologik tashabbuslar:

 

Quyosh panellari, issiqlik nasoslari va boshqa energiya tejamkor uskunalar uchun subsidiyalar ajratiladi.

 

“Yashil ta’mirlash” loyihalari uchun kredit foizlari qisman qoplab beriladi.

 

Raqamlashtirish va elektron tizimlar:

 

My.gov.uz portalida taqdim etilgan elektron hujjatlar rasmiy maqomga ega bo‘ladi.

 

Elektron to‘lov tizimlariga ulanganlik majburiyati kengaytiriladi.

 

Savdo va eksport tartibotlarida o‘zgarishlar:

 

Elektron savdo platformalari qonuniy faoliyat yuritishi uchun O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tishi shart.

 

86 turdagi mahsulotlarga eksport bojlarining yangi stavkalari joriy etiladi.

 

Tibbiyot va ijtimoiy sohada qo‘shimcha chora-tadbirlar:

 

Davolashning og‘ir va murakkab shakllari bo‘yicha faoliyat yuritgan shifokorlarga ustama to‘lanadi.

 

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun proaktiv kompensatsiya tizimi kengaytiriladi.

 

Yangi sharoitlar va imtiyozlar:

 

Mebel ishlab chiqarish endi uy sharoitida ham amalga oshirilishi mumkin.

 

Dori vositalarining chakana savdosi faqat ruxsat etilgan importchilar va ularning dilerlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Chegaradan o‘tuvchi transport vositalari uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash joriy etiladi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Tezkor tadbir davomida narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki kishi va ularning buyurtmachisi ham qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Tadbirda MDH mamlakatlari milliy oshxonasining pazandachilik an’analari namoyish etildi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.