O'zbekiston

Toshkentdagi to‘yxonada katta yong‘in chiqdi

Odamlar to‘yxonadan evakuatsiya qilindi, yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi to‘yxonada katta yong‘in chiqdi

Bugun, 28-iyun kuni soat 21:29 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumani, Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan “Meros” to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.

 

Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv brigadalari yuborilib, soat 21:37 da manzilga yetib borildi. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxonadagi barcha fuqarolar o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan.

 

Hozirgi paytda holat to‘liq Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratida. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan aniqlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"