AQShda osmondan dollar yog‘di
Voqea yaqinda vafot etgan tadbirkorning vasiyatiga muvofiq amalga oshirilgan.

AQShning Detroyt shahrida noodatiy hodisa yuz berdi — ko‘chada pul yomg‘iri yog‘di. Bu haqda people.com xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yaqinda vafot etgan avtoyuvish shoxobchasi egasining vasiyatiga muvofiq amalga oshirilgan. Marhum tadbirkorning so‘nggi orzusi — odamlarni xursand qilish maqsadida ularga osmondan pul yog‘dirish bo‘lgan.
Shu munosabat bilan shaharning bir ko‘chasi vaqtincha yopilgan. Tez orada osmonda vertolyot paydo bo‘lgan va undan yuzlab haqiqiy dollar banknotalari tushira boshlangan. Aholi bu voqeani mamnuniyat bilan qabul qilib, tezda pul yig‘ib olgan. Taxminan yarim soatdan keyin ko‘cha yana ochilgan.







