O'zbekiston

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga Fransiyadan 22 055 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

 

Shu tariqa Fransiya O‘zbekistonga kiruvchi turizm hajmi bo‘yicha Yevropaning yetakchi beshta mamlakatidan biriga aylandi. Parij va Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ham sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm hamkorligi sayyohlar almashinuvi bilangina cheklanmayapti. Fransiya kompaniyalari O‘zbekistondagi yirik turizm infratuzilmasi loyihalarida ham ishtirok etmoqda.

 

Jumladan, tog‘ infratuzilmasiga ixtisoslashgan MND kompaniyasi Chimyonda to‘rt faslda faoliyat yuritadigan kurort yaratish loyihasiga jalb etilgan. Kanat yo‘llari ishlab chiqaruvchi POMA kompaniyasi esa Chimyon va Zomindagi loyihalarni ko‘rib chiqmoqda.

 

Shuningdek, qator fransuz kompaniyalari Beldersoy–Chimyon–Nanay xalqaro kurorti konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Mehmonxona sohasida Fransiyaning Accor guruhi O‘zbekistonda Mercure, Mövenpick, Swissôtel, ibis va Novotel brendlari bilan faoliyat yuritmoqda.

 

O‘zbekistonning Parijda o‘tkazilgan IFTM Top Resa 2026 xalqaro turizm ko‘rgazmasida Country of Honour maqomida ishtirok etishi ham ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyat bo‘ldi.

 

Turizm qo‘mitasi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatning sayyohlik salohiyatini namoyish etdi. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston, Fransiya va boshqa davlatlarning turoperatorlari, aviakompaniyalar, mehmonxona biznesi vakillari hamda sohaning boshqa ishtirokchilari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro bozorga taqdim etayotgan turizm mahsulotlari ham kengayib bormoqda. Tarixiy shaharlar bo‘ylab an’anaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda tog‘, sog‘lomlashtirish, gastronomik, ekologik va MICE turizmi imkoniyatlari rivojlantirilmoqda.

 

Hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar Buyuk Ipak yo‘lining an’anaviy marshrutlarini to‘ldirib, xorijiy sayyohlar uchun mamlakatning turli hududlariga tashrif buyurish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

 

IFTM Top Resa 2026 ko‘rgazmasida O‘zbekiston yangilangan milliy stend konsepsiyasini ham taqdim etdi. Unda zamonaviy dizayn an’anaviy me’morchilik va madaniyat unsurlari bilan uyg‘unlashtirilib, yog‘och, keramika va muqarnas elementlaridan foydalanilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.