Bugun O‘zbekistonda issiq havo davom etadi
Respublikaning ayrim hududlarida harorat 42 darajagacha ko'tarilishi mumkin.

“O’zgidromet” O’zbekistonda 1 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Qayd etilishicha, bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat aksar viloyatlarda 36-42 daraja atrofida bo‘ladi.
Jumladan:
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan esadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi. Kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol ba’zida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.







