O'zbekiston

Toshkentda bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

Hozirda bu bo‘yicha 9 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Toshkentda bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

Joriy yilning 18 iyun kuni Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga Tenge Bank chakana xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i ariza bilan murojaat qilgan. 

 

U o‘z arizasida nomaʼlum shaxslar tomonidan 90 000 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘lari talon-toroj qilinganligi haqida xabar bergan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu kunning o‘zida bir necha shaxslar bank kassasiga mijoz sifatida tashrif buyurib, bank kartasida mavjud 90 000 AQSH dollarini naqdlashtirish maqsadida postterminalga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan 90 000 AQSH dollarini olib ketganligi aniqlangan.

 

Zudlik bilan tezkor-texnik tadbirlar amalga oshirilib, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan jinoiy guruhning barcha aʼzolari qo‘lga olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, postterminal, 9 dona bank kartalari, 1 670 000 so‘m va 36 495 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.. Jami 9 nafar shaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"