Oqqo‘rg‘onda ayolini kaltaklab o‘ldirgan erkak qamaldi
Sud unga nisbatan 12 yil qamoq jazosi tayinladi.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tugilgan erkak 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab janjallashgan. Oqibatda erkak ayolini urib, tan jarohati yetkazgan.
Ayolga ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan sud ishi JIB Oqqo‘rg‘on tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 126-1 moddasi 8-qismi “B”, “G” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.







